<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<lyrics>[V1]
 Sendan oʻzib ketganni koʻrsang
 Yoki toʻzib ketganni koʻrsang
 Ruhan sizib ketganni koʻrsang
 Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!

[V2]
 Bildim senga yoqmaydi hech kim
 Manmanliging koʻrib boʻldim jim
 Bir soʻz aytgan kalomda
 Rabbim:
 &quot;Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!&quot;

[V3]
 Yerdan boʻlgan yerga xos soʻzlar
 Ruhga yorlar samoni koʻzlar
 Koʻrsin desang ziyoni koʻzlar
 Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!

[V4]
 Men hech kimman Xudo bermasa
 Yillab jimman Xudo bermasa
 Bersa aytgum hatto qargʻasa
 Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!

[V5]
 Gar yoqmasa soʻzim indama
 Shunday sevgin, qilmayin taʼna
 Birodarim iltimos yana:
 Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!

[V6]
 Rabbimga men duoda boʻldim
 Sano aytib ziyoda boʻldim.
 Faqat Rabbim Hukmdor bildim
 Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!</lyrics>
<title>Hukm qilma</title>
</song>